"Vest Xem" o'z tarkibiga "Nyu-York Siti" hujumchisini qo'shib olishi mumkin

Alisher
15 dek 2021, 12:14
"Vest Xem" "Nyu-York Siti" hujumchisi Valentin Kastellanosga qiziqmoqda.

"Bolg'a urarlar" 23 yoshli argentinalikni xarid qilish variantini ko'rib chiqishmoqda.

Amerika klubi o'yinchini 15 million funt atrofidagi mablag' evaziga o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Kastellanos joriy mavsum "Nyu-York Siti" libosida 36ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail