"Vest Bromvich" Ideyeni Qatarga qo'yib yubormadi

Narzulla Saydullayev
1 fev 2015
Kievning "Dinamo" klubi sobiq hujumchisi Braun Ideye faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin edi.
Sky Sports nashrining xabariga ko'ra, Doxa klubi "Vest Bromvich"ga nigeriyalik futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni so'rab murojaat qilgan, biroq ingliz klubi taklifga rad javobini berishgan.

Toni Pyulis boshchiligidagi murabbiylar Braunni ijaraga berishni istashmayapti. Biroq uni sotishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, Ideye "Vest Brom" tarixida eng qimmat xarid hisoblanadi. Iyul oyida Kievning "Dinamo" klubi futbolchi uchun 10 million funt olgandi. Shundan buyon Braun yangi klubi safida atiga ikki bor gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.ua