Vesko Steshevich: "Kubokda har o'yinda ijobiy natija qayd etishni maqsad qilganmiz"

Administrator
12 apr 2024
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Sirdaryo FA" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugun Birinchi liga klubiga qarshi o'ynadik. Albatta, natija biz uchun ijobiy ko'rinish hosil qildi, 5 ta gol urdik. Kuchli raqibga munosib qarshilik ko'rsatishga bo'lgan tinimsiz harakat raqibning futbolga professional yondashuvini ko'rsatadi.

- Kubokda jamoaning maqsadi qanday?

- Navbatda "Do'stlik" bilan o'ynaymiz. Hozirgi maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alabaga erishib, guruh bosqichidan muvaffaqiyatli chiqish.

- Zabihillo O'rinboev qachon safga qaytadi?

- Bu biz uchun katta yo'qotish. O'rinboevning jarohati sabab rejalarimizga o'zgartirish kiritishga majbur bo'ldik. Biz uni safga qaytishiga umid qilayapmiz.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia