Vesko Steshevich: "Biz o'z darajamizda o'ynaganimizda, hisob boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi"

Оқил Абдубарноев
8 avg 2023
O'zbekiston kubogi 1/8 finalidan o'rin olgan "Xorazm" – "Metallurg" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Vesko Steshevich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- "Xorazm"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular bunga loyiq edi. Albatta, biz uchun bu og'ir mag'lubiyat. O'yin boshida raqibimiz biz gol sovg'a qildi. Bu qanday ta’sir o'tkazganini bilmayman. Keyin esa ikkinchi raqamli jamoa sifatida o'ynay boshladik. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik, bir vaziyatda darvoza ustunini nishonga oldik. Ikkinchi taymda esa biroz tajribaliroq o'yinchilar maydonga tushishdi, ammo ular ham yordam bera olishmadi va haqli yutqazdik. 

- "Metallurg" raqibni etarlicha baholamadimi?

- Bilmadim. Bo'lishi mumkin. Ehtimol, qaysidir o'yinchilarda shunday hol bo'lgandir. "Xorazm" yaxshi o'yin namoyish etdi, ammo biz o'z darajamizda o'ynaganimizda, hisob boshqacha ko'rinish olgan bo'lardi. Mezbon jamoa muxlislari xursand, chunki ularning qo'llab-quvvatloviga yarasha jamoa g'alaba tuhfa qildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia