

"Angliyada futbol shou. Germaniyada eng muhimi muxlislar. Italiyada esa taktikaga ko'p narsa bog'lik. Ispaniyada esa texnika. Fransiyada esa asosan jismoniy kuchga e'tibor katta.
Francuz jamoalarining YCHLdagi natijalariga qarang. "Monako" o'z guruhida yetakchi. "Lion" mamlakat chempionatida 4-o'rinda bo'lsada, Chempionlar ligasida pley-offga chiqish imkoniyatiga ega. Ular "Yuventus" bilan tengma-teng o'yin ko'rsatishdi.
Ispaniyada ochiq o'yinni hush ko'rishadi. Shuning uchun ham "Real" va "Barselona" kabi jamoalar osonlik bilan 5-6 ta gollar kirita oladilar. Ular Fransiyada bunday natijalar qayd eta olardilar deya olmayman, ayniqsa safardagi o'yinlarda", - deydi Verratti.


