Verratti Ramosning chetlatilishi haqida: "Mana nima sababdan hakamlar bosh qahramonga aylanadi"

Mirjalol Normatov
9 okt 2022, 11:43
PSJ futbolchisi Marko Verratti "Reyms"ga qarshi uchrashuv hakamligidan nolidi.

Himoyachi bir daqiqaning o'zida hakam bilan tortishgani uchun sariq va qizil kartochka bilan jazolandi. Hakam bilan kelishmovchilik natijasida Verrattiga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

"Agarda hakamlar buni atayin qilishgan bo'lsa, bu yomon holat. Biz uchrashuvlarda hakamlar bilan tortishish uchun emas, g'alabaga erishish uchun haftalab mashg'ulot qilamiz. Mana nima sababdan hakamlar o'yinning bosh qahramoniga aylanadi", - dedi xavbek.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal