

"Bizning terma jamoani bitta odamdan iborat deb atashlariga qanday qaraymiz? Jamoada bunday yulduzning bo'lishi - ajoyib! Agar biz o'z yulduzimizni to'p bilan taminlab tursak, g'alaba qozonish uchun imkoniyatimiz ko'proq bo'ladi. Ibragimovich raqibning asosiy kuchini o'ziga chalg'itadi, odatda unga qarshi ikkita o'yinchi qo'yiladi. Bu esa maydonning qolgan qismlarida bo'sh hududlarni yuzaga keltiradi", - deydi shved.
Eslatib o'tamiz, Shvetsiya terma jamoasi Yevropa chempionatidagi yurishini bugun Irlandiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, Shvetsiya terma jamoasi Yevropa chempionatidagi yurishini bugun Irlandiyaga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.



