

"Balotellining o'yinini ko'rmadim, u yaxshi ko'rinayotgan edi. Hech kim uning saviyasiga shubha bilan qaramayapti, ammo terma jamoaga qaytish uchun faqat gollar etarli emas.
Ammo jahon chempionatigacha bir yil bor, eshiklar hamma uchun ochiq. Mario mavsum davomida yaxshi taassurot qoldirdi, hali bu haqida gaplashamiz" - deydi Ventura.
Mario Balotelli Fransiya chempionatining yakunlangan mavsumida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi.



