

"Biz "Anji"ni juda hurmat qilamiz. Ular yaxshi futbol namoyish etishadi. Biroq biz uchun uch ochkoni qo'lga kiritish juda muhim. O'ylashimcha juda qiziq o'yin bo'ladi. Arining kelishi? Men u bilan Braziliyada ham o'ynaganman. Umid qilamanki, u jamoaga tez qo'shilib ketadi va biz birgalikda ajoyib futbolni namoyish etamiz", dedi Vanderson.



