Vanda Nara Ikardining istagi qanday bo'layotganini aytdi

Mirjalol Normatov
12 mar 2019, 19:29
"Inter" hujumchisi Mauro Ikardining turmush o'rtog'i va agenti Vanda Naraning aytishiga ko'ra, hujumchi jamoada qolmoqchi.

"Mauro "Inter"da qolishni istamoqda. Biz hozirda ikki tomon ham tinchlik yo'liga o'tishi borasida ishlamoqdamiz.

Derbi? Tizzadagi muammo - oddiy emas. Mauro buni kuni bilan o'ylab, afsuslanmoqda. Salomatlik hozirda birinchi o'rinda. Balki shu tufayli u o'zini jamoaning bir bo'lagi sifatida his qilmayotgandir...

Mauro "Inter"da qolishi borasida ishlayapmiz va yaqin orada bu ishlar yakuniga etadi", - dedi Nara.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia