Van Gal Niderlandiya termasida rekordni takrorladi
Mirjalol Normatov
27 sen 2022, 00:32
Niderlandiya terma jamoasi Millatlar ligasi 6-turida Belgiyani 1:0 hisobida mag'lub etib, 2023 yil bo'lib o'tadigan turnirning final qismida qatnashish yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Lui van Gal uchun ushbu g'alaba terma boshqaruvidagi 37-si bo'ldi. Shu orqali van Gal bu natija borasida Dik Advokat bilan tenglashib oldi.
Eslatib o'tamiz, uning qo'l ostida Niderlandiya termasi 2014 yilgi mundialda 3-o'rinni olgandi.