Van Deyk Slotning "Liverpul"dagi ishini yuqori baholadi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2025
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk jamoa bosh murabbiyi Arne Slot haqidagi fikrlarini bildirdi.

Niderlandiyalik murabbiy Angliyaga ko'chib kelganidan keyingi ilk mavsumidayoq "qizillar"ni Premer-ligada chempion qildi. Slot o'tgan yozda o'z ixtiyori bilan kyetishga qaror qilgan Yurgen Kloppning o'rnini egallagandi.

"Yurgenning o'rnini bosish – juda mushkul vazifa. Murabbiyimiz va uning shtabi o'z yo'lidan borib, muvaffaqiyatga erishdi. Slot, shubhasiz, har qanday maqtovga sazovor", – dedi Van Deyk.

Yakshanba kuni "Liverpul" musobaqaning yakuniga 4 tur qolganida "Tottenxem"ni 5:1 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinda turgan "Arsenal" bilan oradagi farq 15 ochkoni tashkil etmoqda.

Arne Slot debyut mavsumidayoq "Liverpul" bilan APLni yutdi. Yana kimlar bunday natijaga erishgan?


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Anfield Sector