Van de Bek kelasi mavsumda ham "Everton"da qolishni istamoqda

Mirjalol Normatov
20 fev 2022
"Everton"da ijarada o'ynayotgan "Manchester Yunayted" futbolchisi Donni van de Bek "qizil iblislar" tarkibiga qaytmoqchi emas.

"Manchester Evening News" xabariga ko'ra, agarda u ikkinchi davrada ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, u kelasi mavsumda ham "Everton" tarkibida qolishni istamoqda.

Aynan kam o'yinda qatnashgani sababli u "Everton"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News