

Bir vaziyatda 20 yoshli futbolchi maydonni tark etayotgan to'pga yetib oldi va unga tovoni bilan zarba berdi. Shundan so'ng u jarohat oldi va 4 oyga safdan chiqdi.
"Dembelening jarohati? Usmon hozirgacha mushak jarohatini olmagan va bu nima ekanligini bilmaydi. U tovoni bilan o'ynagani uchun shikastlandi. Bu esa shunga o'xshash shikastlanishlarning eng xavflisi. Yoshi katta futbolchi bunday harakat qilmagan va to'pni chiqib ketishiga imkon bergan bo'lardi" - deydi Valverde.



