“Valensiya” ustozi iste'foga chiqarildi

“Valensiya” klubi rasmiy sayti jamoa bosh murabbiyi Albert Selades iste'foga chiqarilganligini e'lon qildi.

Murabbiyining iste'fosiga sabab sifatida qoniqarsiz natija qayd etgani ko'rsatilmoqda. Klub murabbiyiga minnatdorchilik bildirib, mavsum yakuniga Voro Gonsales jamoani boshqarib turadi.

44 yoshli Selades 2019 yilning sentyabida “Valensiya” bosh murabbiyligiga tayinlangan edi. U rahbariyat bilan kelisholmay qolgan Marselion Toral o'rnini egallagandi.

“Valensiya” La Liga 32-turidan keyin 46 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 8-pog'onasini egallab turibdi. 


Manba: "Валенсия" клуби расмий сайти