

"Metallist" sobiq futbolchisi ispan klubi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Zotko iyul oyining ko'p qismida "Valensiya" safida o'tkazdi va "ko'rshapalaklar"ning ikkinchi jamoasida debyut qilishga ulgurdi. 20 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Metallast" safida Ukraina chempionatining sakkiz uchrashuvida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.



