

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, ispan klubi 27 yoshli belgiyalik bilan muzokaralar olib bormoqda va u bilan kelishuvga erishishga yaqin.
Denayer 2018 yilning avgustidan 2022 yilning iyuniga qadar "Lion"da o'ynagan. U o'tgan mavsum 20ta o'yinda 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Belgiya terma jamoasi futbolchisi o'tgan mavsum so'nggida erkin agentga aylandi va "Lion" u bilan bitimni uzaytirmadi.



