Valbuena: "Neymar Pele va Ronaldoning darajasidan juda ham orqada qolmoqda"

Alisher
16 okt 2020
"Olimpiakos" yarim himoyachisi Matyo Valbuena PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar haqida gapirdi.

"Neymar Chempionlar Ligasini faqatgina Kataloniyaning "Barselona" klubi bilan yuta oldi. "Bavariya"ga qarshi oldingi finalda u hech narsa ko'rsatmadi, gachi undan boshqalar ko'p narsalar kutishgan edi.

Men Neymarni Pele va Ronaldoning darajasidan juda ham orqada qolmoqda deb hisoblayman. U o'zining klassini faqatgina Liga 1'da ko'rsatmoqda. 

Neymar ushbu futbolchilarning darajasiga kelish uchun ko'proq barqaror va samarali bo'lishi kerak", - deydi francuz.


AlisherMuallif
Manba: So Foot