

"Nefteximik" yarim himoyachisi Vagiz Galiulin mazkur bahsni asosiy tarkibda boshladi.
Ma'lumot uchun, asakalik futbolchi O'zbekiston milliy terma jamoasi safida so'nggi bor 2012 yilning 7 sentyabr kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
O'shanda hamyurtlarimiz Quvayt ustidan yirik (3:0) hisobda zafar quchishgan. Gollardan birina Sanjar Tursunov mualliflik qilgan bo'lsa, Aleksandr Geynrix dubl qayd etgan.



