Vadim Abramov: "Superligaga chiqish vazifamizni og'irlashtirib olyapmiz"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2023
"Andjon-SGS" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro Liganing 15-tur o'yinidan (0:0) so'ng mehmon jamoa ustozi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Vadim Abramov: "O'yin biz taxmin qilgandek kechdi. Raqibni mensimaslik... Vaziyatlardan foydalana olmadik. "Andijon-SGS"ni tabriklayman, ular o'z vazifasini bajarishdi. Navbatdagi 2 ochkoni qo'ldan boy berdik va bu mavsum oxirida ta’sir qiladi".

- Bugun g'alaba qozonish uchun nima yetishmadi?

- "Nastroy". Raqibni oson engamiz deb o'yladik va noto'g'ri o'ynadik.

- Natijadan mamnunmisiz?

- Hozirgina 2 ochkodan mahrum bo'ldik dedim, qanday qilib natijadan mamnun bo'lishim mumkin. Superligaga chiqish vazifamizni og'irlashtirib olyapmiz.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia