Vadim Abramov: "Ravshan Ermatov bilan shaxsan uchrashdim..."

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019
Coca Cola Superliganing 20-turidan o'rin olgan Bunyodkor - Qizilqum (2:1) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Bugungidek yomon o'ynamagandik. Birinchi bo'limda raqib darvozasi ikki bor ishg'ol etildi, tanaffusdan keyin o'yinimiz buzilib ketdi. Bu nima bilan bog'liq ekanligini bilmadim. Fikrimcha, ikki asosiy futbolchimiz – To'raev va G'iyosovning yo'qligi ham sezildi. Yoki mavsum yakunlangani sari o'yinlar ham og'irlashib borayotgani bilinayotgandir?!

- Zuhurovning jarohati jiddiymi?

- Zuhurov jarohatdan keyin o'yinni davom ettira olmadi. Jarohatini qancha muddat davolatishini ertaga bilib olamiz. Taxminimcha, davolanishga bir hafta ketsa kerak.

- Jamoa safarda yaxshi o'ynay olmayapti...

- Shunday bo'lmoqda to'g'ri. Endi bizni O'zbekiston Kubogi doirasida muhim uchrashuv kutib turibdi. "Bunyodkor" ham, AGMK ham o'z oldiga Kubokni yutish vazifasi qo'ygan.

- Terma jamoani boshqarishingiz mumkinligi haqida xabarlar chiqdi. Bu sizga xalal bermayaptimi?

- Mish-mishlar doim bo'lgan. Bu gap-so'zlar menga xalal bermayapti.

- Yaqin vaqtlar ichida Ravshan Ermatov bilan uchrashdingizmi?

- Ermatov bilan uchrashdim. Ammo unda terma jamoa masalasi ko'tarilmadi. Chempionatda hakamlik borasida etirozlarimni bildirdim.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia