Vadim Abramov: "Lutfulla To'raevning yo'qligi bilindi albatta"

Narzulla Saydullayev
24 avg 2020
Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan “Nasaf” – “Bunyodkor” (2:2) o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng “qaldirg'ochlar” bosh murabbiyi Vadim Abramov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Menimcha bugungi natija o'yinga mos bo'ldi. Agar biz birinchi hisobni ochganimizda boshqacha o'yin bo'lishi mumkin edi. 0:2 hisobida yutqazib turib durangga erishsang baribir qoniqish hosil qilasan. Yigitlarga rahmat aytaman, qiyin vaziyatda ikkita gol urishdi. Ikkala jamoa yomon o'ynashmadi deb o'ylayman. Muxlislarga balki o'yin yoqqandir.

Doimgidek 0:2dan keyin "uyg'ondik". Nima uchun birinchi taymda yomon o'ynadik? Balki bu chempionat qayta boshlanganidan keyin "Nasaf"ga nisbatan bitta o'yin ko'proq o'tkazganimiz bilan bog'liqdir.

O'yin 30 daqiqa kech boshlangani futbolchilarga qanday ta’sir qildi? Birinchi taymda yomon o'ynaganimizning sababi ham shu bo'lsa kerak.

Lutfulla To'raev diskvalifikaciya tufayli o'ynamadi, uning yo'qligi albatta sezildi. Uning o'rnida harakat qilgan Abdulla Abdullaev mas'uliyatni o'ziga olishdan qo'rqmoda. Lekin bu narsa tajriba oshgani sari keladi", - deydi Abramov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia