Vadim Abramov: "Kartochkasi bor futbolchilar o'rnini yoshlar bilan to'ldirdik"

Administrator
25 sen 2023
Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Xorazm" (4:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Birinchi daqiqadanoq faollik namoyish etdik, ketma-ket gollar kiritdik. G'alaba bilan barchani tabriklayman. Ikkinchi bo'limda bir oz o'yinimiz sustlashgandek ko'rindi, shu kabi kamchiliklar ustida ishlaymiz.

- Bugun tarkibda rotaciyalar qilishingizga nima sabab bo'ldi?

- Jami 3 nafar futbolchilarda kartochka bor edi. Ularning o'rnini yosh futbolchilar bilan to'ldirdik.

- Yosh futbolchilar ko'rsatgan o'yinni qanday baholaysiz?

- Ular o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi. Jamoaga yaxshi qo'shilib ketishdi, o'yinlaridan qoniqish hosil qildim.

- Keyingi o'yin haqida...

- Keyingi o'yin og'ir o'tishi aniq. "Qo'qon-1912" jiddiy raqib, ular bizga ikkinchi o'rin uchun kurashda raqobat taklif etishmoqda.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia