“UzDongJu” 5 yanvardan ikkinchi yig'inni boshladi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2017
Birinchi liga vakili “UzDongJu” jamoasi 5 yanvardan boshlab ikkinchi o'quv mashg'ulot yig'inlarini boshlab yubordi.
Mashg'ulotlarni bosh murabbiy Nozim Mullaohunov va Vadim Shodimatov, darvozabonlar murabbiyi Hamidillo Zokirov olib borishmoqda.

Mashg'ulotlar jamoaning bazasi hisoblangan  Sho'rbuloqdagi maktab-internatning sun'iy maydoni va trenajyor zalida ikki mahaldan olib borilmoqda. Yig'in davomida 11 yanvar AOZSK va 18 yanvar “UzTongXo” jamoalari bilan nazorat o'yinlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Jamoa a'zolari 21 yanvar kuni Toshkentdagi  Respublika sport tibbiyoti ilmiy – amaliy markazida tibbiy ko'rikdan o'tishadi.

“UzDongJu” FK  matbuot xizmati.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia