“UzDongJu-2003” Sochidagi ikkinchi o'yinda durang qayd etdi

Narzulla Saydullayev
8 noya 2016
Rossiyaning Sochi shahrida bo'lib o'tayotgan “Kuban kubogi” xalqaro turnirida ishtirok etayotgan “UzDongJu-2003” jamoasi kecha turnirdagi ikkinchi o'yinini o'tkazdi.

Yaroslavl shahrining DYUSSH -13 jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan baxs vakillarimizning to'liq ustunligida o'tgan bo'lsada yakunda 1:1 hisobi qayd etildi.

“UzDongJu-2003”  tarkibi:1. F.Isaev, 2. O.Rustambekov, 3. Omonov.B, 4. Maxkamov.D, 5. Aysarov.A, 6. Xamdamov.X, 7. Oxtaev.A, 9.Qosimbekov.M, 10. Karimov.S, 11.Abduqaxxorov. F,19.Nozimov.I
Zaxira : 12. Maxmudov.SH, 8. Isoqov. D, 13.Abbosxonov.M, 14.Foziljonov.A, 15. Asqarov.X, 17.Toshmatov.S, 18.Abduvosiev.J.
Gol: A.Oxtaev (54) kiritdi.

Vakillarimiz navbatdagi uchrashuvni 9 noyabr kuni Moskva viloyati “Losino-Petrovskiy DYUSSH” jamoasiga qarshi o'tkazishadi.

“UzDongJu” FK  matbuot xizmati.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia