"Uzbek Tigers" yangi mavsumda ishtirok etadimi?

Aziz Tukhtamuradov
18 fev 2019
Fevral oyiga kelib, o'tgan yilning xuddi shu vaqtida kuzatilgani kabi, Uzbek Tigers jamoasining kelgusidagi taqdiri borasida turli gap-so'zlar tarqala boshladi.

– Oxirgi uch mavsumda Butunjahon boks seriyasida O'zbekiston sharafini himoya qilgan Uzbek Tigers jamoasi o'tgan haftada tarqatib yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu ma'lumot qanchalik to'g'ri?

– Avvalo, shuni takidlashni istardimki, Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasining o'zbek boksi taraqqiyotida tutgan o'rni juda muhimdir. Ma'lumki, ushbu turnir orqali yangi nomlar kashf etiladi, kuchli bokschilar saralanadi. Shuningdek, mazkur musobaqa bokschilarimiz uchun Osiyo va jahon chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish vazifasini bajarishi bilan ham ahamiyatlidir. Chunki turnirda Kuba, Rossiya, Qozog'iston kabi boks olamidagi yetakchi mamlakatlarning charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etadilar va bokschilarimiz ularga qarshi janglar orqali o'z mahoratlarini toblab boradilar.

Bevosita savolingizga kelsak, Uzbek Tigers musobaqaning...


Xabarning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > "Uzbek Tigers" yangi mavsumda ishtirok etadimi? MOQ rahbari masalaga oydinlik kiritdi


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: