Usmon Dembele uyni axlatxonaga aylantirgani uchun 10 ming evro jarima to'laydi

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019
"Barselona" hujumchisi Usmon Dembele Dortmundda ijaraga olgan uyi egasi Gerd Vayssenbergga jarima to'laydigan bo'ldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, avvaliga fransiyalikka 21 ming evro miqdorida jarima solingan edi, biroq advokatlar bu summani 10 ming evroga tushirishdi.

Vayssenberg Dembele Barselonaga ko'chib ketganidan so'ng, xolodilnik va shkaf orasidan sasib ketgan piccani topgan. Shu bilan birga uyda paket va axlatlar sochilib yotgan edi.

"Uy axlat idishga o'xshardi. Birinchi marta u erga qaytganimda qo'rqib ketdim. Sud belgilagan jarimaga roziman" - deydi uy egasi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe