Urugvayda Rekobaning xayrlashuv o'yini bo'lib o'tdi
Aziz Tukhtamuradov
2 apr 2016
Montevideoda Alvaro Rekobaning faoliyatini yakunlashi munosabati bilan xayrlashuv o'yini tashkil qilindi.
Shu kuni maydonda urugvaylik futbolchining terma jamoadagi do'stlariga qarshi "Inter" afsonalari o'ynashdi. O'yin 4:4 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O'yinda Rikelme, Valderrama, Toldo, Veri va Zanetti kabi futbolchilar ishtirok etishdi.