Mazkur kurslarning bevosita viloyatlarda uyushtirilishi murabbiylarga qator qulayliklar yaratmoqda.
Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” xalqaro sertifikati uchun navbatdagi o'quv-mashg'ulot kursi Urganch shahrida boshlandi. Joriy yilning 29 sentyabridan 12 oktyabrigacha Xorazm sport majmuasida davom etadigan ushbu kurs jarayonida vohaning sport maktablari, maktab-internatlari, Urganch olimpiya zaxiralari kollejining futbol guruhlarida faoliyat yuritayotgan 23 nafar murabbiy ishtirok etadi.
O'z navbatida OFK instruktori Zoir Hasanov ikki hafta mobaynida xorazmlik yosh murabbiylarga nazariy va amaliy mashg'ulotlar bo'yicha saboq beradi. Unga viloyat futbol federatsiyasi mutaxassisi Erkin Qadamov koordinator sifatida yordamlashadi.
O'quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan murabbiylar Osiyo futbol konfederatsiyasining “S” xalqaro sertifikatini qo'lga kiritishadi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.