"Ural" Oston O'runov bilan shartnomasini bekor qildi

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022
Bu haqda Championat.com xabar bermoqda.

"Ural" va yarim himoyachi Oston O'runov o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi. 

21 yoshli xavbek "Ural"ga shu yilning sentyabr oyida erikn agent sifatida borib qo'shilgan edi. 

Futbolchi 2022/23 yilgi mavsumda 3 ta o'yinda harakat qilib, umumiy 79 daqiqa o'ynadi.

O'runovning "Ural" bilan bitimi 2024 yilning iyunigacha amal qilishi lozim edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.com