"Uotford" ushbu mavsumda 1 gol urgan "Bordo" hujumchisini tarkibiga qo'shib oldi

Mirjalol Normatov
27 yanv 2022, 13:13
Forvard Samuel Kalu faoliyatini APLda davom ettiradi.

"Uotford" matbuot xizmati 24 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini ma'lum qildi. Shartnoma 2025 yil yoziga qadar davom etadi. Hozircha transferning boshqa detallari ochiqlanganicha yo'q.

Ushbu mavsumda Kalu mamlakat chempionatida 11 o'yinda qatnashib, 1 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/WatfordFC