Uoker Gvardiolaga "Bavariya" ketmoqchiligini ma'lum qildi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyul 2023
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker "Bavariya"ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi "shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiola va klub sport direktori Aytor Begiristaynga yaqin kunlarda Myunxen jamoasi safiga borib qo'shilmoqchiligini ma'lum qilgan.

Klub rahbarlari keyingi hafta Tokioda muzokara o'tkazishlari kutilmoqda.

32 yoshli futbolchi "Manchester Siti" safiga 2017 yozida kelib qo'shilgan. Uokerning "Transfermarkt" portalida transfer narxi 15 mln evroni tashkil etadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru