

Transferga shaxsan oldin "sariq suvosti kemasi"ni boshqargan Angliya klubi bosh murabbiyi Unai Emeri qiziqish bildirmoqda. "Villa" 25 yoshli himoyachi uchun 40 mln evro taklif qiladi. Uning shartnomasida tovon puli 55 mln evro etib ko'rsatilgan.
Transfermarkt portali o'yinchini 50 mln evroga baholamoqda. Ispanning "Vilyarreal" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.
Torres joriy mavsum 15ta o'yinda maydonga tushdi.



