

"Eng muhimi, g'alaba qozondik va muxlislarni xursand qildik. Qiyin o'yin bo'ldi. "Xorazm" biz kutgan o'yinni namoyish etmadi. O'z xatomiz evaziga tezkor gol o'tkazib yubordik. Ammo natijani o'z tarafimizga og'dira oldik.
Raqiblar bizni yaxshi o'rganib chiqyapti. Har doim ham yirik hisob qayd etilavermaydi. Muhimi – g'alaba.
Endi qisqa tatilga chiqamiz. Maksimal kuch to'playmiz. Ha, bizni davra yakuniga qadar kuchli raqiblar kutib turibdi. Lekin baribir o'sha jamoalarga qarshi o'yin o'tkazamiz", dedi 27 yoshli futbolchi.




