Ulug'bek Baqoev: "Yigitlar raqibdan ustun ekanliklarini ko'rsatib berishdi"

Оқил Абдубарноев
20 apr 2022, 20:35
O'zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Yangier" (5:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Oldimizda guruh bosqichidan chiqish vazifasi turgan edi. Jamoamiz buni uddaladi.  Birinchi bo'limning dastlabki daqiqalaridayoq tezkor gol urib o'yinni o'z nazoratimizga oldik. Yigitlar har ikki bo'limda raqibdan ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Muxlislarimizni va jamoamiz a'zolarini g'alaba bilan tabriklayman. "Yangier" jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarda omad tilab qolaman" - deydi jizzaxliklar ustozi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia