Ulug'bek Baqoev: "Musobaqa jadvali nuqtayi nazaridan 3 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman"

Sherzod Nurmatov
26 sen 2021, 21:04
Superliganing 20-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Metallurg" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.





"Musobaqa jadvali nuqtayi nazaridan 3 ochko qo'lga kiritganimizdan xursandman. O'yin tomonlama esa bazida "portlaymiz", bazida to'xtaymiz... Futbolda gol urish va to'p o'tkazib yubormaslik muhim", – deydi Ulug'bek Baqoev. 

- O'tgan turda jarohat olgan Nasriddinov va Qulmatovning holati qanday? 

- Menimcha, Daniel Nasriddinov va Sardor Qulmatov 2-3 haftani o'tkazib yuboradi. Bugun ham ikkita jarohat bo'ldi. Umid qilamanki, ular tezda safga qaytishadi. 

- Keyingi turdagi raqib "Andijon" so'nggi paytda juda yaxshi o'ynamoqda...

- Har bir jamoaning o'z maqsadi bor: "Andijon" ligada qolish uchun, biz esa medallar uchun kurashyapmiz. Qiziqarli o'yin bo'ladi. Tayyorgarlik ko'ramiz va uyog'ini vaqt ko'rsatadi. 

- Chempionat tugashiga 6ta tur qoldi. Jamoangiz OCHLga yo'llanma olishiga qanchalik ishonyapsiz? 

- Albatta, murabbiylar shtabi futbolchilarga ishonadi. Bu futbol, unda kutilmagan natijalar bo'lib turadi. Umid qilamizki, hammasi yaxshi bo'ladi va muxlislarni xursand qilishda davom etamiz. Eng asosiysi, klub rahbariyati bizni qo'llab-quvvatlab tursa bo'lgani.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia