Ulug'bek Baqoev: “Futbolda gol urgan jamoa yutadi”

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2019
“Qo'qon-1912” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev ishtirok etdi.

-  Rostini aytsam, Qo'qondagi o'yin qiyin bo'lishini oldindan bilgandik, chunki mezbonlarning turnir jadvalidagi o'rnidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin edi. Kutilganidek uchrashuv murakkab tarzda kechdi. G'alabaga osonlikcha erishganimiz yo'q. Qo'qonliklar bugun yaxshi o'ynashdi. Futbolchilar maydonda borlarini berib to'p tepishdi. 

Raqibimiz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani bizga qo'l keldi. Qolaversa bunday issiq havoda to'p tepish oson emas. Futbolchilarim yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi.  Futbolda gol urgan jamoa yutadi. Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. “Qo'qon-1912” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz