Ulug'bek Bakaev: "Uchta yangi o'yinchi bilan kelishib qo'ydik"

Administrator
4 iyun 2023
O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Sho'rtan" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida qatnashdi.



O'yin haqida

- O'yin qiziq bo'ldi. Vaziyatlar ham ko'p bo'ldi. Ikkinchi bo'limda gol urdik, keyin o'tkazib yubordik. Minimum vazifa guruhdan chiqish edi va biz buni uddaladik. Chempionatga tayyorlanishda davom etamiz.

- "Buxoro" realizaciyada oqsashda davom etmoqda. Buni tuzatish imkoni bormi yoki barchasi futbolchilarning darajasiga bog'liqmi?

- Bugun ko'rdingizki, zarbalar ustun va to'sinlarga tegaverdi. Eng muhimi o'sishga erishayotganimiz. Vaziyatlar yaratyapmiz va o'yin kartinasi paydo bo'la boshladi. 

- Yozda jamoaga keladigan o'yinchilarni belgilab oldingizmi?

- Ha, uchta yangi o'yinchi bilan kelishib qo'ydik. Rasmiyatchilik qoldi. 

- Reglament bo'yicha faqat beshta o'yinchi olib kela olasiz, to'g'rimi?

- Ha, reglament bo'yicha beshta. Biroq, 20 yoshgacha o'yinchilarni jamoaga olib kelish mumkin. Ikkinchi davragacha barchasi aniq bo'ladi. 


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia