Ulug'bek Bakaev: "Natijadan qoniqdim, o'yindan esa yo'q"

Mirjalol Normatov
8 avg 2024
Pro-liganing 15-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Buxoro" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- To'g'risini aytganda, o'yin birinchi daqiqadanoq biz uchun og'ir o'tdi. "Sho'rtan" tarkibida tezkor va mahoratli ijrochilar bor. Vaziyatlar yaratdik va unumli foydalandik. Mezbonlar bir necha bor xavfli hujumlar tashkil etishdi. 

Ikkinchi bo'limda o'zgarishlarni amalga oshirdik. Zaxiralar o'yinimizni kuchaytirdi. Hisob tenglashganidan so'ng e'tiborni hujumga qaratdik va standart vaziyatda yuzaga kelgan imkoniyatdan foydalanib gol urdik. Yaxshi o'yin bo'ldi, yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman.

- Transfer jarayonidan ko'nglingiz to'ldimi? 

- Biz transfer jarayonida kamchiliklar bor chiziqlarni to'ldirishga harakat qildik. Hujum, o'rta chiziq va albatta himoyada raqobatni shakllantirishga e'tibor qaratdik. 

- Jamoangizning bugun namoyish etgan o'yini Sizni qoniqtirdimi?

- To'g'risini aytganda, natijadan qoniqdim. Biroq, o'yin borasida xato va kamchiliklarimiz bo'ldi. Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlarni ko'rib oldik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia