Ukrainalik darvozabon Rossiya klubi bilan shartnomasini bekor qildi

Alisher
1 mar 2022, 11:25
Darvozabon Yaroslav Godzyur va "Ural" o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomani bekor qilishdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

"Yaroslavga jamoamizdagi o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Biz uning jamoaga keltirgan foydasini qadrlaymiz. Yaroslav va uning oilasiga farovonlik tilaymiz", - deyiladi xabarda.

36 yoshli ukrainalik posbon "Ural"da 2017 yildan beri o'ynayotgandi. U klub tarkibida 100ta o'yin o'tkazgan.


AlisherMuallif
Manba: fc-ural.ru