Ukrainada vazirlar hukumat yig'ilishiga terma jamoa formasida kelishdi

Eldor Akmurzayev
30 iyun 2021
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal boshchiligidagi vazirlar hukumat yig'ilishiga mamlakat terma jamoasi formasiga kelishdi.

Vazirlar shu orqali Evro-2020 1/8 finalida Shvetsiyani mag'lub etib, chorak finalga yo'l olgan Ukraina TJ a'zolarini qo'llab-quvvatlashdi.

“Ukraina Evro-2020 1/4 finalida. Bu terma jamoamiz va murabbiylar shtabi uchun katta yutuq. Tabriklayman. Mazkur muvaffaqiyat uchun yigitlar va murabbiylardan minnatdorman. Bu motivaciya beradi, jamoamiz uchun chin qalbdan muxlislik qiladigan mamlakatni birlashtiradi”, deydi Shmigal.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru