Uganda bosh murabbiyi "Navruz Cup-2022"da ishtirok etish sababini aytdi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2022
Uganda bosh murabbiyi Milutin Sredoevichning takidlashicha, uning jamoasi bo'lajak Afrika millatlar kubogi oldidan jamoaga munosiblarni aniqlash uchun ushbu turnirdan foydalanadi.

"Biz "Navruz Cup-2022"dan Afrika millatlar kubogi turniri saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoamizga munosib tarkibni shakllantirish uchun ushbu turnirda ishtirok etmoqchimiz. Uganda Premer-ligasida hamda boshqa ligalarda ishtirok etadigan o'yinchilar o'rtasidagi muvozanatni yuzaga keltirishga harakat qilamiz", - dedi u.

Eslatib o'tamiz, mazkur turnir 25-29 mart kunlari Namanganda o'tkaziladi. Uganda MTJ yarim finalda Tojikistonga qarshi maydonga tushadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia