UFC'ning 2021 yilgi yorqin voqealari: Eng yaxshi jangchi, eng yaxshi jang, eng zo'r nokaut va boshqalar

Aziz Tukhtamuradov
28 dek 2021, 18:42
Yil UFC uchun juda qiziqarli bo'ldi.

Xabibning vakant kamari o'z egasini topdi. Ligada bir yo'la yil davomida sakkizta chempion aniqlandi. Pandemiyaga qaramasdan, UFC yashashni davom ettirdi. 

YIL JANGCHISI: Kamaru Usman

Kamaru Usman - yarimo'rta vazn toifasining haqiqiy qiroli! U yil davomida uch marta oktagonga ko'tarildi: fevralda Gilbert Berns (nokaut), aprelda Xorxe Masvidal (nokaut) va noyabr oyida asosiy raqibi Kolbi Kovingtonni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi. Usman ayni daqiqalarda UFC'ning asosiy yulduzi, Yil davomida esa u Xabib Nurmagomedovga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi. Endilikda nigeriyalikning hisobida UFC'da 15 ta g'alaba bor. Xabibning hisobida esa 13 ta edi. 34 yoshli Usman Xabibdan farqli ravishda hali ham jang qilmoqda va eng zo'rlarni mag'lub etmoqda. 

YIL JANGI: Petr Yan - Kori Sendxagen

2021 yilning eng yaxshi jangchisini aniqlash ancha qiyin kechdi. Sababi bu yil ko'plab qiziqarli bahslar bo'ldi. 2021 yilning eng yaxshi jangi katta ehtimol bilan eng engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC kamari uchun...


Materialning to'liq qismi quyidagi sahifada > > > UFC'ning 2021 yilgi yorqin voqealari: Eng yaxshi jangchi, eng yaxshi jang, eng zo'r nokaut va boshqalar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com