"Ufa"da koronavirus bilan bog'liq yana ikkita holat. "Dinamo"ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi

Alisher
15 iyul 2020
"Ufa" vasiylik kengashi raisi Rostislav Murzagulov klubda koronavirus bilan bog'liq yangi ikkita holat borligini aytdi.

"Bizda yana ikkita ijobiy holat. Ammo "Dinamo"ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. Vaziyat murakkabligini tushunib, mashg'ulotlarni alohida-alohida rejimga o'tkazdik.

Biz Rospotrebnadzor va RPLni ogohlantirdik, o'yinni o'tkazish uchun ruxsat bor", - deydi Murzagulov.

"Ufa" Rossiya chempionati 29-turi doirasida ertaga "Dinamo" bilan bahs olib boradi.


AlisherMuallif
Manba: sport-express.ru