“Ufa” ustozi “Ximki” bilan bahsdan so'ng O'runov haqida fikr bildirdi

Eldor Akmurzayev
27 fev 2021
RPL 20-turidan o'rin olgan “Ximki” – “Ufa” bahsida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

- Nega Oston O'runov 2-taymda maydonga tushdi?

- Oston – idvidual jihatdan kuchli futbolchi. U hozircha bizning uslubimizni to'liq anglab etmagan. Bugun ko'plab epizodlarda u jamoaga emas, o'zi uchun harakat qildi. Bu esa to'la normal holat.

U bilan gaplashib olishimiz zarur. Agarda u 90 daqiqa o'z vazifasini sidqidildan ado etsa, turgan gapki, u maydonga chiqadi”, deya javob berdi ufaliklar ustozi Rashid Rahimov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Спорт-Экспресс