"Ufa": "Legionerlar kyetish xohishini bildirishmadi"

Alisher
8 mar 2022
"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov klubda legionerlar bilan holat stabil ekanligini aytdi.

"Bizda legionerlar bilan holat o'z joyida. Hech bir chet ellik o'yinchi hali bu borada og'iz ochmadi va kyetish xohishini bildirmadi", - deydi Gazizov.

Oldinroq, FIFA RPL va MFLda o'ynovchi futbolchilarga joriy mavsum so'nggiga qadar shartnomalarini to'xtatishga ruxsat bergandi.

Eslatib o'tamiz, "Ufa" safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov Moskvaning "Spartak" jamoasidan ijara asosida o'ynamoqda.


AlisherMuallif
Manba: СЭ