

Eslatiib o'tamiz, Runi APLdagi o'zining 200-golini kiritdi.
"Natijadan biroz xafa bo'ldim. Biz ikkinchi golni kiritib, g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Lekin, raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi va bizga muammo tug'dira boshladi. O'yin oldidan bir ochkoni yaxshi natija deb hisoblardim. Ammo, hozir biroz xafaman. Golim? Xa, 200-golni kiritish yoqimli. Ishonchim komil, Manchesterning qizil qismi ham golimdan xursand bo'ldi", - deydi Runi.



