

Jumladan, O'FA 1-vice Umid Ahmadjonov FIFA, UEFA va OFK prezidentlari bilan o'zaro uchrashuvlar chog'ida O'zbekistonda futbolni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ularni yaqindan tanishtirib, ana shu islohotlarni qo'llab-quvvatlashni ulardan so'ragandi. Bu so'rovga asosan yuqorida nomlari keltirilgan tashkilotlar rahbarlari O'zbekistondagi futbol bo'yicha islohotlarni qo'llab-quvvatlashga hamisha tayyor ekanliklarini ma'lum qilishgan.
O'zbekiston futbol associaciyasi UEFAning maxsus UEFA Assist dasturi asosida grandlarni qo'lga kiritish bo'yicha o'z taklif va g'oyalarini Yevropa futbol associaciyalari uyushmasiga taqdim etdi. O'z o'rnida UEFAga O'FA tomonidan keltirilgan g'oyalar maqul kelgan holda, dastur asosida O'zbekistonga grand ajratishga qaror qildi.
UEFA Assist dasturi asosida “Chig'atoy” va O'FA maydonlaridagi yoritish tizimi kapital ta'mirdan chiqariladigan bo'ldi. Hozirda bu boradagi ishlar faol tarzda olib borilmoqda. O'FAning suniy qoplamali maydonlariga zamonaviy yoritish uskunalari o'rnatilmoqda. Ushbu yoritish uskunalari 600 lyuks miqdorida yorug'lik tarqatib, kechki vaqtda ham bemalol futbol uchrashuvlarini o'tkazish uchun imkon beradi.
Tez orada “Chig'atoy”da ham UEFA Assist dasturi asosida yoritish tizimi to'laligicha kapital ta'mirdan chiqariladi.




