UEFA o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
19 avg 2021, 20:11
UEFA rasmiy sayti 2020/21 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Uch futbolchidan iborat ro'yxat hakamlar hayati ovoziga ko'ra aniqlandi, baholovchilar safiga Evro-2020'da qatnashgan 24 ta terma jamoa murabbiylari, UEFA Chempionlar Ligasi va UEFA Yevropa Ligasi guruh bosqichida o'ynagan 80 ta klub murabbiylari kiritildi. Shuningdek, Yevropa sport nashrlari assotsiatsiyasi (ESM) tomonidan tanlangan 55 nafar UEFAning barcha assotsiatsiyalari jurnalistlari kiritildi.

Ovoz beruvchilarning har bir a'zosi o'zining eng yaxshi uchligiga ovoz berdi. Birinchi o'rin uchun besh ochko, ikkinchisiga - uch, uchinchi uchun - bir ochko hisoblandi. Murabbiylar va jurnalistlarning ovoz berishida to'plangan umumiy ballar sonidan yakuniy natija e'lon qilindi. Eng ko'p ochko to'plagan uch futbolchi yakuniy sovrin uchun kurashadi. Murabbiylar o'z jamoasining futbolchilariga ovoz bera olishmadi.

Eng ko'p ovoz to'plagan futbolchilar quyidagi ketma-ketlikda joylashgan:

Kevin De Breyne (Belgiya – "Manchester Siti")

Jorjino (Italiya – "Chelsi")

N'Golo Kante (Fransiya – "Chelsi")


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com