UEFA: Koronavirus tufayli Evro-2020 va boshqa musobaqalar ham qoldirilishi mumkin

Eldor Akmurzayev
25 fev 2020
Bu haqda tashkilot vice-prezidenti xabar bermoqda.

UEFA vice-prezidenti Mishel Uvaning bayonotiga ko'ra, agar koronavirusning tarqalishi bilan bog'liq holat salbiy tomonga o'zgarishda davom etsa, Yevropadagi nufuzli musobaqalar, shu jumaladan, Evro-2020 qoldirilishi yoki boshqa sanaga ko'chirilish ehtimoli mavjud. 

“Hozir voqealar rivojini kuzatib bormoqdamiz. Futbol mamlakatdagi vaziyatga moslashishi zarur. 

Turnirlarni to'xtatmaslikka harakat qilamiz. Vaziyat yomonlashgandagina musobaqalar to'xtatiladi”, deydi vice-prezident.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Rai Radio 1 Sport